Bugun, 16-mart kuni Din ishlari bo'yicha qo'mitada "Navro'z" umumxalq bayramini nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ko'kalomzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" shiori ostida xayriya hashari o'tkazildi.

Orastalik va ozodalik azaldan xalqimizga xos fazilatlardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababdan har yili Navro‘z bayrami arafasida mamlakatimizda umumxalq hashari tashkil etilib, shu kuni mahallalar, ko‘chalar, aholi turar-joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi hamda jamoat joylari tartibga keltiriladi.

Qo'mitada ham shu maqsadlarni o'zida jamlagan holda bo'lib o'tgan xayriya hashari yuqori saviyada tashkil etildi, tarkibiy bo'linmalar va texnik xodimlar obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

16.03.2024