Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Masjidlar bilan ishlash


Masjidlar bilan ishlash bo‘limi

Masjidlar bilan ishlash bo‘limi Qo‘mita apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Masjidlar bilan ishlash bo‘limining (kelgusida - Bo‘lim) faoliyati ustidan nazorat Qo‘mita raisi o‘rinbosari tomonidan olib boriladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risida” nizom, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 yanvardagi “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 10-son qaror va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘limni Qo‘mita raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. Bo‘lim boshlig‘i Qo‘mita raisiga hamda rais o‘rinbosariga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari

Bo‘lim:

Masjidlar faoliyatini tartibga solishda ko‘maklashish, Masjidlarda uchrab turadigan muammolar bo‘yicha tavsiyalar berish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan masjid imomlarini attestatsiyadan o‘tkazilishiga ko‘maklashish hamda adolatli o‘tishini ta’minlash;

masjidlarda juma namozlarini tartibli o‘tishini nazorat qilishda musulmonlari idorasiga ko‘maklashish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasining masjidlar bilan ishlash va fatvo bo‘limlariga juma namozi mavzularini rejalashtirish va tezislarini tuzishda yordam berish;

Masjidlarda aqidaparast, ekstremisik va boshqa noqonuniy oqimlarning tashviqotlarini oldini olishni nazorat qilish; 

Har xaftaning juma kuni respublika bo‘yicha o‘tgan namoz natijalari haqida ma’lumotlarni umumlashtirib, qo‘mita rahbariyatiga ma’lumot kiritish, kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirni yanada yuqori saviyada o‘tishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

Masjidlarda uchrab turadigan muammolar hamda imomlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda bartaraf etish;

Xorijdan keltirilgan va O‘zbekistonda chiqadigan islom diniga oid adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalar berishda ishtirok etish;

Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarini topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

​Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

bo‘limga yuklatilgan vazifalar doirasida qo‘mita nomidan vakillikni ta’minlash va muzokaralar olib borish;

topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning boshqa bo‘limlari bilan muntazam teng huquqli hamkorlik qilish;

bo‘lim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, haq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;

qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

Qo‘mita raisining topshiriqlarini o‘z vakolat doirasida vaqtida bajarish;

qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizom asosida ish yuritish, bo‘limga yuklangan vazifalar va masalalarning ijro etilish;

bo‘lim xodimlarining mas’uliyat darajasini lavozimlar yo‘riqnomasida belgilash;

Qo‘mita tomonidan ajratilgan barcha moddiy-texnik va boshqa vositalarni saqlash va samarali ishlatish;

faoliyat va vazifalarni o‘z vakolat doirasida belgilangan muddatda bajarishga majbur.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.


Diniy ekstremizmga qarshimiz

Davlat dasturlari