O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, “O'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Indoneziyada O'zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotini o'tkazmoqda.

       Bugun 10 iyul kuni Indoneziya Respublikasi Parlamentining Din ishlari qo'mitasi raisi o'rinbosari Sodiq Mudjohid boshchiligidagi qo'mita a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

       Uchrashuvda O'zbekistonning turizmi salohiyati yuksalib, turizm xizmatlari tashkil etilgani, turli tarixiy va qadimiy ob'ektlarga tashriflarni uyushtirishda sayyoh va ekskursantlar uchun yaratilayotgan qulayliklar va boshqa tegishli sharoitlar to'g'risida so'zlab berildi. Shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish borasida fikr almashildi.

       Bundan tashqari, delegatsiyamiz tomonidan Indoneziyaning turizm sohasidagi qator davlat va jamoat tashkilotlarida uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Matbuot xizmati